«investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi» tegli maqolalar


O‘zbekiston fransuz sarmoyadorlari uchun nimasi bilan jozibador? Jamshid Xodjayev javob berdi
20 noyabr 2022, 13:05

O‘zbekiston fransuz sarmoyadorlari uchun nimasi bilan jozibador? Jamshid Xodjayev javob berdi

O‘zbekiston o‘zining tashqi siyosat tamoyillari, qulay sarmoyaviy muhiti, tabiiy resurslarning ko‘pligi, «imtiyozli paketlar» va boshqa afzalliklari tufayli fransuz sarmoyasi uchun maqbul manzilga aylanishi mumkin, dedi bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev Parijda bo‘lib o‘tgan biznes-forumda.

O‘zbekiston investitsiya uchun fuqarolik berishni boshlashi mumkin
9 noyabr 2022, 09:26

O‘zbekiston investitsiya uchun fuqarolik berishni boshlashi mumkin

Kamida 1 mln dollar investitsiya kiritgan xorijliklarga soddalashtirilgan tartibda O‘zbekiston fuqaroligini olishga ruxsat berilishi mumkin. Bunday imkoniyat nafaqat investorlar, balki taniqli olimlar, sportchilar, madaniyat va san’at arboblariga ham tadbiq etiladi.

O‘zbekiston va Rossiya qariyb 4 mlrd dollarlik loyihalar ustida ishlamoqda
24 oktabr 2022, 21:44

O‘zbekiston va Rossiya qariyb 4 mlrd dollarlik loyihalar ustida ishlamoqda

O‘zbekiston ITSV hamda Rossiya Sanoat va savdo vazirligi umumiy qiymati qariyb 4 mlrd dollarlik 20 dan ortiq loyiha ustida ishlamoqda. Rossiya O‘zbekistonning avtomobil butlovchi qismlarini ishlab chiqaruvchilarining o‘z bozoriga kirishidan manfaatdor ekanligi bildirildi.

Nozimjon Xolmurodov ITSV rahbarining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi
31 avgust 2022, 20:34

Nozimjon Xolmurodov ITSV rahbarining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi

Buxoro viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Nozimjon Xolmurodov investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi.

Toshkent investitsiya forumini o‘tkazishga 15 mlrd so‘m sarflandi
16 iyul 2022, 10:20

Toshkent investitsiya forumini o‘tkazishga 15 mlrd so‘m sarflandi

Mart oyida Toshkent xalqaro investitsiya forumini o‘tkazish uchun 15 mlrd so‘m sarflangan. Tadbirlar va ovqatlanishni tashkil etish uchun Sky Events`ga 7,2 mlrd so‘m, Mercedes va Malibu avtomobillari ijarasi uchun Lyuks Taxi`ga 2 mlrd so‘m, Akfa Dream World`ga ovqatlanish uchun 2,5 mlrd so‘m xarajat qilingan.

O‘zbekiston va Eron investitsiyalar bo‘yicha qo‘shma qo‘mitani tashkil etishga kelishdi
21 fevral 2022, 12:32

O‘zbekiston va Eron investitsiyalar bo‘yicha qo‘shma qo‘mitani tashkil etishga kelishdi

O‘zbekiston va Eron o‘rtasida Hukumatlararo komissiyaning 14-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda investitsiya, transport va logistika bo‘yicha qo‘shma qo‘mitalarni tashkil etishga kelishilgan. O‘zbekiston-Eron hamkorligini har tomonlama chuqurlashtirishga qaratilgan kelishuvlarni qamragan qo‘shma «Yo‘l xaritasi» qisqa muddatda ishlab chiqilishi va imzolanishi kutilmoqda.

Hindiston Eksimbanki O‘zbekistonga ta’lim sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun 448 mln dollar ajratadi
13 dekabr 2021, 19:53

Hindiston Eksimbanki O‘zbekistonga ta’lim sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun 448 mln dollar ajratadi

Hindiston Eksimbanki tomonidan O‘zbekistonda infratuzilmaviy rivojlanish va ta’lim sohalarida loyihalarni moliyalashtirish uchun 448 mln dollar miqdorida mablag‘lar ajratilishi ma’lum qilindi.

O‘zbekiston Buyuk Britaniyaga 7800 dan ortiq tovarlarni boj to‘lovisiz eksport qilish huquqini qo‘lga kiritdi
22 noyabr 2021, 21:23

O‘zbekiston Buyuk Britaniyaga 7800 dan ortiq tovarlarni boj to‘lovisiz eksport qilish huquqini qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Buyuk Britaniyaning kengaytirilgan GSP tizimi benefitsiari maqomini oldi. Shuningdek, ushbu tizim O‘zbekistonga umumiy qiymati 437 mlrd funt sterlingdan (taxminan 585,5 mlrd dollar) ortiq iste’mol va chakana savdo bozoriga kirish imkoniyatini yaratadi.

O‘zbek-turkman chegarasida transchegaraviy savdo zonalari yaratilishi rejalashtirilmoqda
4 avgust 2021, 16:01

O‘zbek-turkman chegarasida transchegaraviy savdo zonalari yaratilishi rejalashtirilmoqda

O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Sardor Umurzakov Turkmanistonda Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari Serdar Berdimuhamedov bilan muzokaralar o‘tkazdi. Tomonlar iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish uchun ikki mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlarning kirishini soddalashtirish va savdo aylanmasi hajmini 1 mlrd dollarga yetkazish masalalarini ko‘rib chiqdilar. Shuningdek, O‘zbekiston — Turkmaniston chegarasida transchegaraviy savdo zonalarini yaratish masalalari muhokama qilindi.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining yangi o‘rinbosari tayinlandi
14 aprel 2021, 09:32

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining yangi o‘rinbosari tayinlandi

Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi hamda Davlat bojxona qo‘mitasida turli lavozimlarda ishlab kelgan Baxtiyor Rahimov investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting